Emeri: “Arsenal” uchinchi golga haqli edi”

12 apr 2019, 08:11
“Arsenal” bosh murabbiyi Yevropa Ligasi 1/4 finali ilk o'yinida “Napoli” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchi o'yinda o'z rejalarimizni amalga oshira oldik. “Napoli” to'pni o'zida saqlab turishni yaxshi biladi. Raqibda birinchi bo'limda bitta, ikkinchi bo'limda esa gol urish uchun ikkita yaxshi vaziyat ham bo'ldi. “Arsenal” uchinchi golga haqli edi. Mehmonda endi hammasi boshqacha bo'ladi. Biz diqqatli bo'lib, o'zimizga ishonagan holda olg'a intilishimiz kerak, bu esa hozir juda muhim”,-deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC-Sport