Emeri: "Arsenal" bor e'tiborini APLga qaratishi kerak"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Kubogining 1/16 final bosqichida "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.

"Raqib 90 daqiqa ichida yaratilgan vaziyatlarning ko'pidan unumli foydalanmoqda. Bizda vaziyatlar bo'ldi, ammo ularni golga aylantira olmadik va bu natijaga ta’sir ko'rsatdi. Biz yaxshi formada bo'lib turgan raqibga qarshi o'ynadik. Ko'prog'iga munosib edik. Mag'lubiyatga uchradik, ammo o'yinimizdan ko'nglim to'q.

Jarohatlar jiddiy emas deb o'ylayman. Koselnining jag'i singan ko'rinadi. U kasalxonaga ketdi, endi kutishimiz kerak. Jiddiy jarohatlarimiz etarlicha.

Premer-liga haqida o'ylashimiz kerak. "Chelsi"ni mag'lub etdik. Bor e'tiborni bu o'yinga qaratish lozim" - deydi ispaniyalik mutaxassis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC