Emeri APLda ketma-ket 15ta uy uchrashuvida g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2023, 01:31
"Aston Villa" tarixda birinchi marta chempionatning ketma-ket 15ta uy uchrashuvida g'alabaga erishdi.

Bugun Unai Emeri jamoasi "Arsenal"ni 1:0 hisobida taslim qildi.

Birmingemliklar so'nggi bor 18 fevral kuni o'z maydonida mag'lub bo'lishgan, o'shanda ularni aynan "to'pchilar" 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Emeri APLning ketma-ket 15ta uy uchrashuvida g'alaba qozongan beshinchi murabbiyiga aylandi. Bungacha ushbu muvaffaqiyatga Aleks Fergyuson, Roberto Manchini, Pep Gvardiola va Yurgen Klopplar erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka Football