Ellardays "Vest Xem" bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2015, 17:02
"Vest Xem" klubi bosh murabbiy Sem Ellardays bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokara o'tkazadi.
Ellardaysning "Apton Park"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Sababi Semning klub bilan tuzgan shartnomasi yozda tugaydi. "Bolg'aurarlar" yangi murabbiyni ishga taklif qilishmoqchi.

Murabbiyning o'zi "Sanderlend"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq “Katta Sem” bu gaplarga e'tibor qilmayapti va "Vest Xem" xo'jayinlari Devid Gold va Devid Sallivan bilan muzokara o'tkazmoqchi.

"Men "Vest Xem", bosh murabbiyiman va professionalman. Ma'lum muddatdan so'ng "Vest Xem" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazamiz", - deydi Ellardays Daily Mail nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru