Elguja 100, Murod 200. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan 7ta fakt

Iskandarov Abdulaziz
18 mar 2022, 11:19
Kecha Superliganing 3-turi doirasida 2ta bahs o'tkazildi.

Samarqandda "Dinamo" va "Qizilqum" murosaga kelgan bo'lsa, Namanganda "Navbahor" Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912"dan ustun keldi. Mazkur bellashuvda jamoalar bir qator statistik natijalarni qayd etishdi. Quyida shu haqida. 


1. "Navbahor" Superligada "Qo'qon-1912" ustidan 18 g'alabasini qo'lga kiritdi. O'z maydonida "shunqorlar" bilan o'yinlardagi 13 yutug'ini nishonladi. 


Vodiy derbisida Navbahor Qo'qon-1912ni ishonchli tarzda mag'lub etdi


2. Grigalashvili va Marushich "lochinlar"ning qo'qonliklar darvozasiga Superligada 61, 62 gollarini urishdi. 

3. Gruziyalik futbolchi Grigalashvili Superligadagi 36 golini urdi. Elguja chempionatdagi o'yinlari soni bo'yicha 100talik cho'qqini zabt etganini aytish joizdir. 



4. "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Holmuhammedov Superligada 200talik cho'qqidan o'tdi. Kecha u 201  uchrashuvida maydonga tushdi. 

5. Zoran Marushich kutilganidek gollar ketma-ketligini boshlab yubordi. Forvard Superligada 2ta gol urdi. 



6. Rahimbek Karimov "Navbahor" ishtirokidagi 6 o'yinda bosh hakamlik qildi. Ushbu referi boshqargan uchrashuvlarda Samvel Babayan shogirdlari mag'lubiyatga uchramagan. 

7. "Navbahor" oxirgi bor Superliga doirasida 2002 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912"ni shunday hisobda mag'lub etgan. Oradan 20 yil o'tib ushbu natija takrorlandi.





O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia