

Rossiyaning "Arsenal Tula" jamoasi "Nasaf" kiperi Eldorbek Suyunovning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Keyingi mavsumdan e'tiboran Rossiya premer ligasida o'ynaydigan klub hozirda darvozabon qidirish bilan band. "Arsenal Tula" jamoasi murabbiylar shtabi Suyunov nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. Agarda Eldorbek Suyunov "Arsenal Tula" jamoasi murabbiylar shtabiga maqul keladigan bo'lsa, unda katta ehtimol bilan o'zbekistonlik darvozabon kelasi mavsumdan Rossiya chempionatida o'ynashi mumkin.



