Eldor Suyunov "Paxtakor"ni mag'lubiyatdan qutqardi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2017, 23:14
"Paxtakor" bugun "Olmaliq" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Yuzaga kelgan tanaffusda futbolchilarni o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun o'tkazilgan bellashuvda murabbiylar shtabi ixtiyorlarida bo'lgan barcha o'yinchilarga imkon berishdi. Jamoalar bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, ammo o'yinda hisob ochilmadi. Suyunov Yelichning penaltidan tepgan to'pini qaytargan bo'lsa, raqib darvozaboni Ziyovuddinov bir qator holatlarda jamoasini goldan qutqardi.

"PAXTAKOR" - "OLMALIQ" 0:0
"Paxtakor":
E.Suyunov, Kozak, Tojiev, A'zamov, Alijonov, Griffits (Ismatullaev, 9), Iskanderov (Hoshimov, 90), Bezerra, Nurullaev (Karimov, 46), Yaxshiboev (Ahmedov, 75), Sergeev (O'rinboev, 72).
"Olmaliq": Ziyovuddinov, Berdimurodov, Kosminin (A.Suyunov, 58), Yelich (Miryusupov, 63), Magerramov, Jo'raev, To'raev (G'ulomov, 35), Umarov, Rixsiboev, Klishin (Muxtorov, 20), Polvonov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz