Ammo iqtidorli darvozabon mashg'ulotlarda ko'rinish bermayapti. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Suyunovning o'zi bilan bog'landik.
- Bundan bir necha oy ilgari, aniqrog'i "Neftchi"ga qarshi kechgan bahsda belimdan jarohat olgandim. O'sha paytda unchalik jiddiy ko'rinmagandi. Afsuski bugunga kelib og'riq kuchaya boshladi.
- Shuning uchun OTJ yig'inida ishtirok eta olmayapman. Bugun Toshkentga kelib shifokorlar qabulida bo'ldim (suhbat 27 dekabr kuni bo'lib o'tgan). Tekshiruv natijalaridan so'ng shunisi ma'lum bo'ldiki, menga yana 10-15 kun mashg'ulotda qatnashish mumkin emas.
- Shu bois ertaga yana Qarshiga, uyimga qaytib ketaman. 10-15 kun mobaynida muolaja olganimdan so'ng yana shifokorlar ko'rigidan o'taman.
- Bu borada olimpiya terma jamoasi ustozi Shuhrat aka Maqsudov bilan suhbatlashib, vaziyatni tushuntirdim. U kishi menga ishonch bildirayotganini aytib ko'nglimni ko'tardi. Nasib qilsa men uchun hali hammasi yaxshi bo'ladi.
Islombek Rustambekov