

"Roma" klubi futbolchisi Eldor Shomurodovga Italiyadan takliflar mavjud. Gazzetta dello Sport nashrining ma'lum qilishicha, Shomurodovga "Lechche" klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Lechche" hozirda Eldorni ijaraga olishni maqsad qilgan.
Ma'lumot uchun, "Lechche" yakunlangan mavsumda A Seriyada 16-o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Speciya"da ijarada o'tkazdi. Mavsum yakunlangan esa yana "Roma"ga qaytdi.



