Eldor Shomurodov Olimpiadaga chiqqan terma jamoani tabrikladi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo Kubogi yarim finalida Indoneziyani mag'lubiyatga uchratdi.

Husayn Norchaev va avtogol tufayli Timur Kapadze shogirdlari ishonchli g'alabaga erishib, yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Bu O'zbekiston futboli tarixidagi ilk ishtirok bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi va "Kalyari" hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu jamoani tarixiy g'alaba bilan qutladi.

"Tabriklayman" - deb yozdi Shomurodov g'alaba aks etgan surat ustiga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia