

Bizga ma'lum bo'lishicha, Eldor Shomurodov "Jenoa" safida 9-raqam ostida to'p tepadi.
Bunga qadar ushbu raqamda Kazuyoshi Miura, Luka Toni, Ernan Krespo, Alberto Jilardino va Kshishtof Pyontek kabi ajoyib hujumchilar to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Rostov" Shomurodovning "Jenoa"ga o'tganini e'lon qilgandi va unga bag'ishlangan videoni namoyish etgandi.



