Eldor Shomurodov debyut qilgan bahsda "Rostov" g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 19:01
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o'z faoliyatida ilk marotaba Rossiya chempionati uchrashuvida maydonga tushdi.

"Bunyodkor" sobiq futbolchisi "Amkar"ga qarshi bahsda Rossiya chempionatida debyut qildi. Futbolchimiz uchrashuvning 88-daqiqasida Dyadyun o'rnini egalladi. Bahs 1:0 hisobida "Rostov"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Amkar" – "Rostov" 0:1

Gol: 0:1 – 66 Zuev.

"Amkar": Nigmatullin, Sivakov, Konde, Milkovich, Idovu, Ryazancev, Gigolaev (Balanovich, 74), Gol, Komolov (Kostyukov, 69), Bodul (Gasilin, 80), Prokofev.

"Rostov": Pesyakov, Parshivlyuk, Vilyush, Ingason, Ustinov, Zuev (Bayramyan, 67), Gackan, Kalachev (Maer, 76), Yusupov, Mevlya, Dyadyun (Shomurodov, 88).

Ogohlantirishlar: Yusupov (81), Gol (90).

Rossiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia