Eldor Shomurodov Abu Dabidagi yig'in haqida gapirdi

Alisher
29 yanv 2020, 10:40
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov mavsumning ikkinchi qismiga bo'layotgan tayyorgarlik haqida gapirdi.

"Birinchi yig'inda dam olganimizdan so'ng tiklanishga urg'u berildi va jismoniy holatni qaytarishga ahamiyat qaratdik. Endi esa chempionatdagi o'yinlarga tayyorlangan holda, o'yindagi harakatlarimizni mashq qilamiz", - deydi Eldor Shomurodov.

Qayd etish kerakki, Shomurodov ikkinchi yig'inga jamoadan ajralgan holda yetib keldi. Unga Abu Dabidagi yig'indan so'ng bir necha kun dam berildi.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" Doxada Parimatch Premer Kubogida ishtirok etadi (1-9 fevral kunlari)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Матч ТВ