Eldor Sakaev: "Oliy liga jamoasi bilan tengma-teng o'yin ko'rsatdik"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2015, 16:05
"Oq-tepa" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Eldor Sakaev ishtirok etdi.

"Bugun shogirdlarimning harakatidan uyatda emasman. Ular harakat qilishdi. Futbol xatosiz bo'lmaydi. Biz oliy liga jamoasi bilan tengma teng harakat qildik. Menimcha bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Birinchi ligada ham shunday stadionlarda o'ynash ajoyib bo'lardi", - deydi Sakaev.

Biz 17 kun o'yin amaliyoti yetishmadi. Tanaffus juda ko'p edi. Bundan tashqari tarkibimizda kam futbolchilar qolishgandi. Mavsum davomida jami 50dan ortiq o'yin o'tkazdik. Xattoki metllarga ham charchaydi, futbolchilar esa tirik jon. Bugun maydonga tushgan futbolchilar jismoniy holatda raqibga yutqazishmadi. Birinchi ligada 25 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Qayerdadir o'zimiz xato qildik, Temur Hakimov va Abdulaziz Yusupov vaziyatlardan foydalana olishmadi. Barchasi tajribaga bog'liq. "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Eldor Sakaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia