"Elche"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
29 noya 2021
"Elche" bir hafta oldin o'z bosh murabbiyi Fran Eskribani jamoaning so'nggi paytlardagi yomon natijalari sabab iste'foga chiqardi.

Ispan klubi dam olish kunlarida jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi.

"Ueska" sobiq ustozi Xaver Rodriges rasman jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Qayd etish kerakki, 43 yoshli mutaxassisning shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan, shundan so'ng uning kelajagi "Elche"ning La Liga jadvalida holatiga bog'liq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, jamoa ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: elchecf.es