"Elche" klubni La Ligada olib qolgan murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
1 iyun 2021, 16:52
"Elche" bosh murabbiyi Fran Eskriba klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangi bitim 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

56 yoshli mutaxassis jamoani ushbu yilning fevralida qabul qilib olgan edi va u "Elche"ni La Ligada saqlab qolishga yordam berdi. Jamoa 17-o'rinni egalladi.

Eskriba oldin ham 2012-2015 yillarda "Elche"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: elchecf.es