"Elche" yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
14 fev 2021
"Elche" matbuot xizmati yangi bosh murabbiy nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 2012-2015 yillar davomida "Elche"ni boshqarib, jamoani Primeroga olib chiqqan Fran Eskriba yana jamoa bosh murabbiyligiga qaytdi. Qayd etish kerak, "Elche" Eskribaning murabbiylik faoliyatidagi ilk jamoasi bo'lgandi. Shundan keyin u "Xetafe", "Vilyarreal" va "Selta" kabi jamoalarda ham faoliyat olib bordi.

Eskribaning shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. Ayni damda "Elche" Ispaniya chempionati turnir jadvalining 19-pog'onasida ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal