

- O'yindan keyingi muhokama, faqatgina jurnalistlarga kerak, bizga emas. Men esa o'yin haqida o'z fikrimni bildirmoqchiman. Muxlislarga bizni qo'llab turganliklari uchun, futbolchilarga esa yaxshi o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman. “Real”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin “Elche”ni keyingi o'yinlarda ruhlantiradi. Biz qo'limizdan kelgancha yaxshi o'ynashga harakat qildik. Fikrimcha raqibimizda deyarli yaxshi vaziyatlar bo'lmadi.



