"El-Klassiko"da "Barselona"ning asosiy tarkibi qanday bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 13:05
Yakshanba, 28 oktyabr kuni "Barselona" hamda "Real" o'rtasida LaLiganing 10-tur uchrashuvi o'tkaziladi.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde ushbu bahsda asosiy tarkib qanday bo'lishi borasida bir to'xtamga keldi. Mutaxassis "Real" bilan o'yinda "Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida ilk daqiqalardan maydonga tushgan futbolchilardan foydalanmoqchi.

"Barselona" "Inter"ga qarshi bahsni quyidagi tarkibda boshlagan edi:

Ter Shtegen, Pike, Rakitich, Serxio, Koutino, Artur, Suares, Rafinya, Langle, Alba, Roberto.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport