"El Klasiko" oldidan "Barselona"da jiddiy yo'qotish

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023, 10:13
Kataloniyaliklarda jarohatlanganlar ko'p.

"Barselona" "Granada" bilan o'yinda (2:2) nafaqat ochko, balki asosiy himoyachisi Jyul Kundeni ham yo'qotdi. Fransiyalik futbolchi chap tizzasidagi shikastlanish sababli kamida bir oyni o'tkazib yuboradi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo". Demak, Kunde 28 oktyabr kuni "Real"ga qarshi "El Klasiko"ni aniq o'tkazib yuboradi.

Qayd etish joiz, fransiyalik futbolchi jamoadoshi Gavi uning oyog'i ustiga yiqilgach, jarohat oldi. Shu tariqa, Jyul Kunde "Barselona" lazaretidagi Pedri, Frenki de Yong, Rafinya va Robert Levandovski qatoriga qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo