Effenberg: “Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasining asosiy tarkibida o'ynashi kerak”

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2014, 13:42
“Bavariya” sobiq futbolchisi Shtefan Effenberg, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoahim Lyov yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni asosiy tarkibda maydonga tushirishi kerak deb hisoblaydi.
“Shvaynshtayger hech qachon zaxiradan maydonga tushishi kerak emas. U boshqa futbolchilarga zaxira bo'lmasligi lozim. Uning yutuq va tajribasini hisobga olganda, u asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak. Bundan tashqari, raqiblar undan hayiqishadi. Bu asosiy tarkib futbolchisi” – deydi Effenberg.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com