Edvard Gleyzer "Yunayted"dagi o'z akciyalarini sotmoqda

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014
Malkolm Gleyzerning olti farzandidan biri bo'lgan Edvard Gleyzer "Manchester Yunayted"dagi o'zining uch million akciyasini (29 million funt) sotuvga qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, 2005 yil MYUni sotib olgan Malkolm Gleyzer may oyida vafot etgandi. Unga tegishli akciyalar farzandlar o'rtasida teng taqsimlangan. Olti oy o'tgach, Edvard Gleyzer o'ziga tegishli akciyalarning 85 fozini Nyu-Yorkdagi fond birjasiga qo'ydi.

"Tampa Bey Bakkenirs" prezidenti hisoblangan Edvard ushbu akciyalarni 28.7 million funt evaziga sotishi mumkin. Sotuvga qo'yilgan akciyalar "Yunayted"ning A klassga kiruvchi akciyalarning 10 foizini tashkil etadi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

"Qizil iblislar" ushbu sotuvdan hech qanday foyda olishmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru