Edin Jeko: "Hech kim bizga ishonmaganda buni uddaladik"
Tolibjon Qosimov
11 apr 2018, 12:23
"Roma" hujumchisi Edin Jeko YCHL doirasida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin fikrlarini bildirdi.
"Bu qandaydir haqiqatdan yiroq, aqlbovar qilmas holat. Nima deyishni bilmayman. Hech kim bizga ishonmaganda buni uddaladik", - deya Jekoning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.