

"Birinchi bo'lim yaxshi o'ynadik. Tarkibimizda "Olmaliq"dagidek futbolchilar yo'q. Raqibning maqsadi OCHL, bizniki oliy ligada qolish. Bunday jamoalarga qarshi o'yinda yutish juda qiyin. Raqib klass borasida bizdan ustun edi. Xuddi yosh bolalardek xatolar qilindi. Birinchi bo'limda 2:2 edi, maydon markazini kuchaytirishga urindik. Ammo o'tkazilgan gol yigitlarning ruhiyatiga ta’sir qildi. Bugun penalti bor edi, hech qanday etirozim yo'q. Himoyada Iqbol Boboxonovning yo'qligi ham ta’sir qildi. Vuyovich, Vasilev va Anvar Berdiev hamon ruxsat olishgani yo'q. Asqaralievning oshqozonida muammo paydo bo'ldi. Jamoada tajribali futbolchilar bo'lmasa qolganlar nima qilishini bilmay qoladi. "Olmaliq"ning zaxirasida o'tirgan yigitlar bizda asosiy futbolchi bo'lardi. Masalan, "Neftchi" safida birinchi bo'limda 40 daqiqa o'ynagan Abdulloh Olimov bizda asosiy tarkibda o'ynadi. U bizga kerakli o'yinchi", - deydi Edgar Gess.



