Bu gap orasida Edgar Gessni “Buxoro” klubidan ketishiga kelishilgan o'yin sabab bo'lgani aytib o'tildi. Xabaringiz bor, Edgar Gess "Buxoro"dan ketganidan so'ng yaqinda “Andijon” jamoasi boshqaruvini qabul qilib oldi. Bu gaplarga murabbiy o'z munosabatini bildirdi.
- Sal kam o'n yildan beri O'zbekistonda mehnat qilib kelayotgan bo'lsam hech qachon iflos ishlarga qo'l urmaganman. Qaysi jamoada ishlamay o'zimdan yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman. To'g'ri, “Buxoro”da o'z o'ylagan maqsadlarimga erisha olmadim. Bu jamoadan ketishimga muvaffaqiyatsiz natijalar sabab bo'ldi. Shu bois iste'foni qabul qildim. “Buxoro” oldida vijdonim pok. Buni jamoadagilar ham yaxshi bilishadi. Kecha men haqimda nega bunday gaplar aytilganini eshitib ochig'i hayron qoldim. Bu gaplar men haqimda yaxshi bilmaydigan insonlar tomonidan aytilgan. Hammasini Yaratganning o'zi ko'rib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Edgar Yakovlevichning yurtimizdagi faoliyati 2006 yili aynan “Andijon”da boshlangandi. Keyinchalik u “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Sho'rtan” va “Buxoro” klublarida ham faoliyat olib bordi. Ayni paytda Gess o'zi yaxshi bilan “Andijon” jamoasiga yana ustozlik qilmoqda.