Eden Azarning ukasi 2024 yil boshqa maydonga tusha olmaydi

Оқил Абдубарноев
16 apr 2024
Belgiya terma jamoasi futbolchisi Torgan Azar 2024 yilda maydonga tusha olmaydi.

Manbaning xabar berishicha, bunga 31 yoshli yarim himoyachining jarohati sabab bo'lgan.

“Anderlext” sharafini himoya qilayotgan Azar “Union”ga qarshi o'yinda (2:1) o'ng tizzasining oldingi xoch payini jiddiy shikastlab olgan. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning 2024 yil oxirigacha maydonlarga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Torgan Azar faoliyatini yakunlagan Eden Azarning ukasi bo'lib, joriy mavsum 25 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining Belgiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Le Soir