Eden Azar yangi mavsum boshlanayotganidan xursand

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2015, 20:40
Chelsi futbolchisi Eden Azar yangi mavsum boshlanayotganidan xursandligini aytib o'tdi.

"Chelsi"dagi to'rtinchi mavsumimni boshlayman. O'zimni jamoaning "qariya"si deb hisoblashim mumkin. Barchani yaxshi taniyman. Bir jamoa safida uzoq vaqt qolish juda yaxshi. Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Oilam bilan birgalikda tatilni yaxshi o'tkazdim. Endi maydonga qaytib, ishni boshlashim mumkin. Yana maydonga qaytayotganimdan xursandman", - deydi Azar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com