Edegor - APLda noyabr va dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023, 17:12
Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Martin Edegor Angliya chempionati "noyabr-dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

"To'pchilar" yarim himoyachisi ushbu vaqt mobaynida hammadan ko'p samarali natija ko'rsatdi – 3+3. 



24 yoshli norvegiyalik yarim himoyachi ushbu titulni qo'lga kiritish uchun Erling Holand, Kazemiro, Ben Mi, Joau Palinya, Markus Reshford, Bukayo Saka i Kiran Trippyerdan yaxshiroq natija ko'rsatdi. 

"Arsenal" sardori ushbu sovringa ega chiqqan ikkinchi norvegiyalik bo'ldi. Undan avval o'tgan yilning avgust oyida Erling Holand oyning eng yaxshi o'yinchisi, deya etirof etilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com