Eddi Xau: "Faoliyatimdagi yangi davrning boshlanishini intiqlik bilan kutyapman"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 21:09
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau o'zining yangi lavozimidagi ilk fikrlarini bildirdi.

"Bu men uchun katta sharaf. Bunday uzoq tarixga ega klubda ekanligimdan faxrlanaman. Menga ajoyib imkoniyat berildi. Lekin bizni oldinda juda ko'p ishlar kutayotganini ham tushunaman. Faoliyatimdagi yangi davrning boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", - deydi murabbiy.

Klub 43 yoshli mutaxassis bilan 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib oldi.

Xau avvalroq "Byornli" va "Bornmut"da ishlagan, murabbiy o'tgan yozdan beri ishsiz edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: nufc.co.uk