YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
26 fev 2026, 22:20
UEFA YCHLning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

U "Atletiko" hujumchisi Aleksandr Serlot bo'ldi. 30 yoshli norvegiyalik futbolchi "Bryugge"ga (4:1) qarshi o'yinda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Ovoz berish jarayonida Viktor Osimxen ("Galatasaroy"), Orelen Chuameni ("Real") va Yens Xeuge ("Bude-Glimt") kabi futbolchilarning ham nomzodi qo'yilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com