YCHLda hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2022, 08:41
Chempionlar ligasi chorak finali javob o'yinlari yakunlariga ko'ra, eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi.

"Vilyarreal" himoyachisi Raul Albiol - "Bavariya" bilan o'yinda 8 marta to'pni raqiblardan olib qo'ydi, 83 foiz paslari aniq chiqdi

"Liverpul" himoyachisi Konstantinos Cimikas - "Benfika" bilan o'yinda 2 ta golli uzatma va 9 marta to'pni raqiblardan olib qo'ydi 

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz - "Atletiko" bilan o'yinda 5 marta to'pni olib qo'ydi, 96 foiz pasi aniq chiqdi

"Real" xavbeki Luka Modrich - "Chelsi" bilan o'yinda golli uzatma amalga oshirdi, 13,72 km masofani bosib o'tdi, 90 foiz to'p uzatmalari aniq bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA