YCHL. Real Madrid o'z uyida Napolini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan Real Madrid - Napoli uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochishdi. Lorenco Insine uzoq masofdan gol urdi. Birinchi bo'limda Karim Benzema bunga javob berdi.

Tanffusdan so'ng "Real" yarim himoyachilari Toni Kroos va Kazemiro to'p kiritishdi. Ayniqsa Kazemironing goli juda chiroyli chiqdi. "Real" irodali g'alabaga erishdi va ikkinchi bahs oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo'lib oldi - 3:1. 


Yevropa chempionlar ligasi
1/8 final
Birinchi o'yin


Real Madrid Ispaniya – Napoli Italiya 3:1

Gollar: 0:1 – 8 Insine, 1:1 – 18 Benzema, 2:1 – 49 Kroos, 3:1 – 54 Kazemiro.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Pepe, 71), Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Vaskes, 76), Ronaldu, Benzema (Morata, 82).
Napoli –   Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Zelinski (Allan, 75), Kalexon, Gamshik (Milik, 84), Insine, Diavara.

Ogohlantirishlar: Ramos (17), Zelinski (38), Modrich (52), Mertens (76).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia