YCHL. Qozog'istonning "Shaxtyor" klubi "Seltik"ni mag'lub etdi!

Narzulla Saydullayev
20 avg 2013, 21:52
Yevropa Chempionlar ligasi pley-off dastlabki o'yinlar boshlandi.

Qozog'iston chempioni "Shaxtyor" klubi o'z uyida Shotlandiya chempioni "Seltik"ni qabul qildi. 12-daqiqada maydon egalari vakili Finonchenko hisobni ochdi. O'yin tugashiga 13 daqiqa qolganida esa Xijnichenko Shotlandiya klubi darvozasiga ikkinchi golni urdi - 2:0.

O'yin mana shu hisob bilan tugadi. "Seltik" maydonida bo'lib o'tadigan javob bahsida "Shaxtyor" ushbu ustunlikni boy berib qo'ymasa nafaqat o'z tarixida, balki Qozog'iston tarixida ilk bor Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.  

Shaxter Qarag'anda Qozog'iston – Seltik Shotlandiya 2:0 (1:0) 
20 avgust, Ostona Arena 
Gollar:
1:0 – 12 Finonchenko, 2:0 – 77 Xijnichenko. 
Shaxter Qarag'anda – Mokin, Simchevich, Maliy, Vasilevich, Porivaev, Djidich, Vichyus, Kanyas, Xijnichenko, Finonchenko (Zenkovich, 82), Kazaryan. 
Seltik – Forster, Muyokolo, Malgryu, van Deyk, Lyustig (Mettyuz, 67), Kommons, Braun, Izagirre (Balde, 82), Ledli, Samaras, Forrest.
Ogohlantirish: Muyokolo (45).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia