YCHL o'tish uchrashuvlariga qur'a tashlandi: "Real" yana Mourinyuning "Benfika"si bilan o'ynaydi!

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
​Non shahrida 2025/2026 yilgi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

O'tish uchrashuvlari juftliklari:

"Monako" – PSJ 

"Benfika" – "Real"

"Qorabog'" – "Nyukasl"

"Budyo-Glimt" – "Inter"

"Galatasaroy" – "Yuventus"

"Bryugge" – "Atletiko"

"Borussiya D" – "Atalanta"

"Olimpiakos" – "Bayer"


Qur'ada 16 ta jamoa turnirning 1/8 finaliga chiqish uchun o'tkaziladigan o'tish o'yinlaridagi raqiblarini bilib oldi.

O'tish o'yinlari quyidagi tamoyillar asosida qur'a tashlash orqali aniqlandi:

1) Klublar umumiy bosqich yakunida egallagan o'rinlariga qarab ikkiga bo'lindi. Natijada to'rtta saralangan juftlik (jadvalda 9 va 10-o'rinlar, 11 va 12-o'rinlar, 13 va 14-o'rinlar, 15 va 16-o'rinlar) hamda to'rtta saralanmagan juftlik (17 va 18-o'rinlar, 19 va 20-o'rinlar, 21 va 22-o'rinlar, 23 va 24-o'rinlar) shakllantirildi.

2) Har bir saralangan juftlik pley-off to'rida saralanmagan juftliklardan biriga qarshi o'ynaydi:

9 yoki 10-o'rindagi jamoalar 23 yoki 24-o'rindagi jamoalarga qarshi,

11/12 - 21/22 ga qarshi,

13/14 - 19/20 ga qarshi,

15/16 - 17/18 ga qarshi bahs olib boradi.

3) Bir mamlakat jamoalari ushbu bosqichda o'zaro to'qnash kelishi mumkin.

Quyida 2025/2026 yilgi Chempionlar Ligasining o'tish uchrashuvlari qur'asida ishtirok etadigan jamoalar keltirilgan:

Saralangan jamoalar: "Real" (Ispaniya), "Inter" (Italiya), "PSJ" (Fransiya), "Nyukasl" (Angliya), "Yuventus" (Italiya), "Atletiko" (Ispaniya), "Atalanta" (Italiya), "Bayer" (Germaniya)

Saralanmagan jamoalar: "Borussiya D" (Germaniya), "Olimpiakos" (Gretsiya), "Bryugge" (Belgiya), "Galatasaroy" (Turkiya), "Monako" (Fransiya), "Qorabog'" (Ozarbayjon), "Budyo-Glimt" (Norvegiya), "Benfika" (Portugaliya)

Kimlar pley-offga chiqdi?

8 tur yakunlariga ko'ra umumiy bosqichda ilk 8 ta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqdi. 9-o'rindan 24-o'ringacha bo'lgan jamoalar esa o'tish bahslarida ishtirok etadi.

O'yinlar qachon o'tkaziladi?

O'tish o'yinlari 2026 yilning 17-18 va 24-25 fevral kunlari bo'lib o'tadi. 1/8 final bahslari esa 10-11 mart va 17-18 mart kunlariga belgilangan. Final 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia