YCHL. Levandovski qatorasiga 7-o'yinda gol urdi. Bunga qadar faqat 3 kishi bu ishni uddalagan edi

9 avg 2020, 01:21
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski YCHL 1/8 final bosqichidagi "Chelsi" ga qarshi javob o'yinida o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishni uddaladi.

Shu tariqa Levandovski Chempionlar Ligasida qatorasiga 7-o'yinda ham gol urishni uddaladi. Ayni paytda u 12 gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Levandovskiga qadar faqat 3 o'yinchi ketma-ket etti o'yinda gol urishni uddalagan edi:

Krishtianu Ronaldu "Real" bilan 2 marta shunday natija qayd eta olgan (2013/14 yilgi mavsumda qatorasiga 8, 2017/18 yilgi mavsumda qatorasi 11 o'yin), "Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi Rud van Nistelroy 2002/03 yilgi mavsumda ketma-ket 9 o'yinda, PSJ hujumchisi Edinson Kavani 2016/17 yilgi mavsumda qatorasiga 7 ta bahsda raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Sports