YCHL. Inglizcha final Angliyada o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
6 may 2021
“Aston Villa” Angliya futbol associaciyasi va UEFAga murojaat yo'llab, “Villa Park” stadionini Chempionlar Ligasi finalini o'tkazish uchun alternativ variant sifatida taklif qildi.

Qayd etilishicha, Turkiyadagi epidemiologik vaziyat jiddiylashib bormoqda, shu tufayli 8,000 nafar ingliz muxlislariga Istanbulga yo'l olish muammo tug'diradi.

Hozirda UEFA tomonidan Birmengemdagi o'yingohning finalni qabul qilish uchun qanchalik tayyorligi o'rganilmoqda.

Sky Sports yozishicha, Chempionlar Ligasi finalini boshqa erga ko'chirish imkoniyati pastroq, chunki bu qaror homiylar, translyatsiyalar va boshqa jihatlarga zarar keltirish ehtimoli bor. UEFA esa hal qiluvchi uchrashuvni Turkiyada o'tkazishga qatiy qaror qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” – “Chelsi” o'rtasidagi final 29 may kuni “Otaturk Olimpiya” stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports