YCHL guruh bosqichida kiritilgan eng chiroyli gol aniqlandi

20 dek 2018, 21:54
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichning “Tottenhem” darvozasiga kiritgan goli turnirning guruh bosqichida kiritilgan eng chiroyli gol, deya etirof etildi.

Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xorvatiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan turib havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan londonliklar darvozasiga kiritgan edi.

Ovoz berish yakuniga ko'ra Rakitich “Inter” forvardi Mauro Ikardi va “Yuve” hujumchisi Krishtianu Ronaldu, hamda jamoadoshi Usmon Dembeleni ortda qoldirdi. 



O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти