

"A" guruhi: Ayaks, Liverpul, Napoli, Reynjers
"V"guruhi: Portu, Atletiko, Bayer, Bryugge
"S" guruhi: Bavariya, Barselona, Inter, Viktoriya” Plzen
"D"guruhi: Ayntraxt, Tottenxem, Sporting, Marsel
"E" guruhi: Milan, Chelsi, Zalcburg, Dinamo Zagreb
"F" guruhi: Real Madrid, Leyptsig, Shaxtyor, Seltik
"G" guruhi: Manchester Siti, Sevilya, Borussiya Dortmund, Kopengagen
"H" guruhi: PSJ, Yuventus, Benfika, Makkabi
Erkaklar futboli bo'yicha Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi deb "Real" a'zosi Karim Benzema topildi.
Ayollar futboli bo'yicha Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi deb "Barselona" a'zosi Aleksiya Putelas topildi.
Erkaklar futboli bo'yicha Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti topildi.
Ayollar futboli bo'yicha Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sarina Vaygman topildi.
Endi individual sovrinlarga o'tamiz.
Marosim boshlandi.
"Oltin to'p" ololmagan Oltinto'p sahnaga chiqdi.
Barcha savatchalar bilan tanishing:
Birinchi: “Real” (amaldagi chempion), “Ayntraxt”, “Manchester Siti”, “Milan”, “Bavariya”, PSJ, “Portu”, "Ayaks".
Ikkinchi: “Liverpul”, “Chelsi”, “Barselona”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Sevilya”, “Leyptsig”, “Tottenxem”.
Uchinchi: “Borussiya” Dortmund, “Zalcburg”, “Shaxter”, “Inter”, “Napoli”, “Benfika”, “Sporting”, “Bayer”.
To'rtinchi: “Marsel”, “Bryugge”, “Seltik”, “Viktoriya” Plzen, “Makkabi” Xayfa, “Reynjers”, “Kopengagen”, “Dinamo” Zagreb.
Bu yilgi mavsum finali 17 yildan so'ng yana Istanbulda o'tkaziladi.
"Real Madrid" bilan qarindosh bo'lib olgan mana bu "shalpangquloq" yangi mavsumda qaysi klub muzeyiga mehmonga otlanadi, sizning xolisona taxminlaringiz biz uchun qiziq.
Assalomu alaykum, Yevropaning eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi boshlanmoqda. Har ehtimolga qarshi yoningizga tinchlantiruvchi, yurak og'rig'iga qarshi dori-darmonlarni tayyorlab qo'yavering, chunki qur'ada har narsa bo'lishi mumkin. Taxminlaringiz yozilgan sahifani ham shay qilib turing. Shu orqali ko'pchilikka mashhur Vanga bilan aloqadorligingiz bor-yo'qligini bilib olish mumkin.



