YCHL finali Madridda o'tkazilmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
10 sen 2018, 20:39
Ispaniya FF vakillaridan biri Xaume Roures bergan ma'lumotlarga ko'ra, YCHL finali Yevropadan tashqarida bo'lishi mumkin.

UEFA rahbariyati ayni damda YCHL finalini o'tkazish borasida AQSH va Kanada davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu borada AS nashri ma'lumot bergan.

Eslatib o'tamiz, LaLiga doirasida "Jirona" - "Barselona" uchrashuvi 2019 yilning yanvarida AQSH davlatida bo'lib o'tishi rejalashtirib qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS