

Ushbu bosqichda bir mamlakatning ikki jamoasi bir-biriga qarshi tushishi mumkin.
Qiziqarli ma'lumotlar:
Chempionlar ligasining avvalgi mavsumlarida eng ko'p chorak finalda ishtirok etgan jamoalar
"Real" - 33
"Bavariya" - 27
"Barselona" - 18
"Yuventus" - 16
"Atletiko" - 8
"Borussiya" D - 8
"Monako" - 4
"Lester Siti" - 0
O'tgan mavsumd ushbu bosqichda quyidagi natijalar qayd etilgan
"Volfsburg" - "Real" 2:3
"Bavariya" - "Benfika" 3:2
"Barselona" - "Atletiko" 2:3
PSJ - "Manchester Siti" 2:3
Chorak finalga yo'l olgan jamoalar:
"Bavariya"
"Monako"
"Lester Siti"
"Borussiya" D
"Barselona"
"Atletiko"
"Real"
"Yuventus"
16:00. UEFAning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Pedro Pinto sahnaga chiqdi va barchani chorak final jamoalari bilan tanishtirdi.
16:05. UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti sahnaga ko'tarildi va ushbu inson qur'a marosimini o'tkazadi.
16:06. Sobiq futbolchi, Uels terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan Yan Rash qur'a faxriy mehmoni sifatida sahnaga taklif etildi.
16:09. Qur'a tashlash marosimi boshlanmoqda.
Qur'a natijalari:
"Atletiko" - "Lester Siti"
"Borussiya" D - "Monako"
"Bavariya" - "Real"
"Yuventus" - "Barselona"
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahslar 11-12 aprel, javob o'yinlari 18-19 aprel kunlari bo'lib o'tadi.



