YCHL. "Real"ning "Benfika"ga qarshi qaydnomasi e'lon qilindi, unda Mbappe yo'q

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
Madridning "Real" klubi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Portugaliyaning "Benfika" jamoasiga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi.

Xabaringiz bor, Lissabonda kechgan dastlabki bahsda madridliklar 1:0 hisobidagi minimal g'alabani qo'lga kiritishgan edi.

Bugungi muhim o'yin oldidan "Qirollik klubi" muxlislari uchun noxush xabar bor. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Kilian Mbappe tizzasidagi og'riqlar sababli ushbu bellashuv qaydnomasiga kiritilmadi va o'yinni tribunadan kuzatadigan bo'ldi.

"Real" (Madrid) qaydnomasi:

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Fran Gonsales.

Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Trent, Asensio, A. Karreras, Fran Garsiya, Ryudiger, F. Mendi.

Yarim himoyachilar: Kamavinga, Valverde, Chuameni, Arda Gyuler, Cestero, Manuel Anxel, Palasios, Tyago

Hujumchilar: Vinisius Junior, Gonsalo, Braim, Mastantuono.

Bosh murabbiy: Alvaro Arbeloa.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com