YCHL. "Barselona" keyingi bosqichda, "Inter"dan ishonchli g'alaba

28 noya 2019, 02:50
"F" guruhi jamoalari ishtirokidagi har ikkala uchrashuv yakunlandi.

"Kamp Nou"da "Borussiya"dan ustkun kelgan Ernesto Valverde shogirdlari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi. Guruhdagi ikkinchi yo'llanma masalasini yakuniy turda "neradzurrilar" va "arilar" o'zaro hal qilib olishadi. Quyida bugungi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Barselona – Borussiya D.

28 noyabr, 01.00, Kamp Nou

Gollar:

1:0 – 29 Suares, 2:0 – 33 Messi, 3:0 – 67 Grizmann, 3:1 – 77 Sancho.

Barselona – ter Stegen, Firpo, Serdji Roberto, Langle, Umtiti, de Yong, Buskets, Rakitich (Vidal, 78), Dembele (Grizmann, 26), Suares (Vage, 90), Messi.

Borussiya D – Byurki, Xakimi, Akandji, Pishchek (Zagadu, 76), Shulc (Sancho, 46), Vaygl (Getce, 85), Gerreyru, Brandt, Vitcel, Roys, Xummels.

Ogohlantirishlar:

Messi (51), Buskets (71), Gerreyru (74).

Slaviya – Inter 

28 noyabr, 01.00, Sinobo Stedium

Gollar:

0:1 – 19 Martines, 1:1 – 37, penalti Souchek, 1:2 – 81 Lukaku, 1:3 – 88 Martines.

Slaviya – Kolarj, Borjil, Fridrix (Takach, 84), Coufal, Kudela, Souchek, Gushbauer (Zeleny, 70), Shevchik, Stanchu (Traore, 58), Masopust, Olayinka.

Inter – Xandanovich, de Vrey, Godin, Shkrinyar, Biragi (Lazaro, 76), Vesino (Espozito, 80), Brozovich, Kandreva, Valero (Galyardini, 76), Martines, Lukaku.

Ogohlanirishlar:

Vesino (12), Martines (24), Kudela (52).


Guruhda ikkinchi yo'llanma uchun "Inter" va "Borussiya D" jamoalari kurash olib borishmoqda. "Slaviya" esa kutilganidek muddatidan oldin oxirgi o'rin masalasini haql qilib bo'ldi. Guruhdagi holat bilan tanishing.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia