YCHL. "Barselona" Madridda "aut" bo'ldi, "Atletiko" va "Bavariya" yarim finalda!

Yevropa chempionlar ligasi chorak final to'qnashuvlarining javob o'yinlari bo'lib o'tdi.


Yevropa chempionlar ligasi.

Chorak final.

Javob uchrashuvlari.


Atletiko Ispaniya – Barselona Ispaniya 2:0 (1:0, 1:0)

Visente Kalderon

Gollar
: 1:0 – 36 Grizmann, 2:0 – 88, penalti Grizmann.

Atletiko
– Oblak, Xuanfran, Godin, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Saul, Gabi, Fernandes (Savich, 90), Koke, Grizmann (Korrea, 90), Ferreyra Karrasko (Tomas, 74).

Barselona
– ter Stegen, Dani Alves (Serdji Roberto, 64), Pike, Maskerano, Alba, Rakitich (Turan, 64), Buskets, Inesta, Messi, Suares, Neymar.

Ogohlantirishlar
: Gabi (68), Suares (70), Neymar (76), Godin (85), Inesta (87), Korrea (90), Koke (90), Turan (90).


Birinchi o'yin: 1:2

- Madriddagi o'yinda Antuan Grizmann boshi bilan yo'llagan zarbasi orqali "Barselona" darvozasini ishg'ol etdi - 1:0.


Uchrashuvning 88-daqiqasida Grizmann 11-metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi - 2:0.


Benfika Portugaliya – Bavariya Germaniya 2:2 (1:1, 1:1)

Eshtadiu da Lush

Gollar
: 1:0 – 27 Ximenes, 1:1 – 38 Vidal, 1:2 – 52 Myuller, 2:2 – 76 Taliska.

Benfika
– Ederson, Andre Almeyda, Lindelef, Jardel, Elizeu (Yovich, 88), Salvio (Taliska, 68), Feysa, Sanshesh, Karsela-Gonsales, Picci (Gonsalu Gedesh, 58), Ximenes.

Bavariya
– Noyer, Lam, Martines, Kimmix, Alaba, Xabi Alonso (Bernat, 90), Duglas Kosta, Vidal, Alkantara, Riberi (Getce, 90), Myuller (Levandovski, 84).

Ogohlantirishlar
: Karsela-Gonsales (70), Martines (74), Andre Almeyda (90).

Birinchi o'yin: 0:1 


- "Benfika" tezkor hujumi orqali uchrashuvda hisobni ochdi. Jarima maydonchasi ichiga havolatib oshirib berilgan to'pga Raul Ximenez boshi bilan zarba berdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0.


"Bavariya" javob qaytarmoqda. Arturo Vidal jarima maydonchasi oldidan kuchli zarba berdi va o'yinda muvozanatni tikladi - 1:1.



Burchak zarbasidan so'ng Martinez to'pni Myullerga qulay tarzda uzatdi va Tomas bu vaziyatni golga aylantirdi - 1:2.
Taliska chamasi 16-17 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi - 2:2.


Manba: championat.asia