“YCHL bahslari 7 avgustdan davom ettiriladi. O'yinlar har uch kunda o'tkaziladi”

19 apr 2020, 08:28
Koronavirus pandemiyasi tufayli noma'lum muddatga to'xtab qolgan Yevropa chempionlari ligasi va Yevropa ligasi bahslarining davom ettirishning ehtimoliy kunlari ma'lum qilindi.

Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Yevropa ligasi bahslari 2-3 avgust kunlari, YCHL esa 7-8 kunlari qayta davom ettirilishi mumkin. Shu tariqa o'yinlar har uch kunda o'tkazilishi kutilmoqda. Ilgariroq UEFA rahbariyati YCHL final bahsini 29 avgust kuni o'tkazishni rejalashtiryotgani haqida xabar berilgandi.

Koronovirus xavfining butun dunyoga tarqab ketishining oldini olish maqsadada ommaviy sport tadbirlari va musobaqalari bekor qilingan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia