DXX Kubogi. Final bosqichi o'yinlariga start berildi

Mirjalol Normatov
22 avg 2022, 23:50
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol klubi o'quv-mashg'uloti maydonlarida mini-futbol bo'yicha DXX kubogi uchun respublika final bosqichi o'yinlari boshlandi.

O'yindan oldin, musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. So'ngra final bosqichi o'yinlariga start berildi.

 Mini-futbol uchrashuvlarida viloyatlar, Qoraqalpog'iston respublikasi hamda Toshkent shahri jamoalari 4 ta guruhga bo'lingan holda bellashmoqdalar.

1-tur natijalari bilan tanishing:

Ullubog' (Qoraqalpog'iston) – Changaron (Buxoro)  1-4

Oqko'l (Xorazm) – Ko'l (Andijon) 0-5

Kattaqishloq (Jizzax) – Bog'bonlar yurti (Surxondaryo) 4-2

Yangiobod (Sirdaryo) – Samarqand (Qashqadaryo) 3-2

Soyguzar (Samarqand) – Uvak (Toshkent viloyati) 0-3

Oqtepa (Farg'ona) – Toshqo'rg'on (Namangan) 5-2




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia