Dunyoning eng ko'p sovrin olgan futbolchi nomi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 apr 2018, 16:55
PSJ Fransiya liga kubogi finali doirasida "Monako" ustidan g'alabaga erishdi.

Shu orqali parijliklar himoyachisi Dani Alves futbol tarixida eng ko'p sovrin olgan futbolchisiga aylandi. Braziliyalik futbolchi hisobida 36 sovrin bor.

U Rayan Giggz va Kenni Dalglishni (35tadan) ortda qoldirmoqda.

Alves "Sevilya" bilan 5, "Barselona" tarkibida 23 va "Yuventus" va PSJda ikkitadan sovringa ega chiqqan. Shuningdek, Braziliya termasida 4 sovrinli bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mister Chip