
Men Maykonni hisobdan chiqarishga shoshilmayman. Maykonni juda hurmat qilaman. U juda kuchli futbolchi. Lekin men o'shanda uni chetlatishga majbur edim. Jamoa manfaati uchun ham shunday yo'l tutdim. Lekin men uni butunlay hisobdan chiqarmayman. Maykon terma jamoaga qaytishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Maykon yaqinda terma jamoa lagerida jamoadoshiga qo'pol hazil qilgani uchun chetlatilgandi.