Dumbiya, Lyayich va Iturbe yozda Romaga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 mar 2016, 08:32
Romaga tegishli bo'lgan bir qator futbolchilar yozda ijaradan qaytishlari mumkin.

Gap Seydu Dumbiya (Nyukasl), Adem Lyayich (Inter) va Xuane Iturbe (Bornmut) kabi futbolchilar haqida ketmoqda.

Dumbiya va Iturbe Angliya premer-ligasida deyarli maydonga tushishmayapti, shu bois klublar bu ikki futbolchini sotib olishni istashmaydi.

Inter esa Lyayichni 11 million evroga sotib olishi mumkin. Lekin futbolchining o'zi yozda Romaga qaytishni istamoqda, deb xabar bermoqda Roma Press.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: romapress.us