Dumbiya "Bazel"ga o'tishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
21 iyun 2016
Roma futbolchisi Seydu Dumbiya faoliyatini "Bazel"da davom ettirishi mumkin.


Italiya OAVlarining xabar qilishicha, "Roma" futbolchisi Turkiya, Xitoy va Meksika klublaridan bo'lgan taklifni rad etgan va shveytsariyaliklar safiga borib qo'shilishga qaror qilgan.


Eslatib o'tamiz, afrikalik futbolchi o'tgan mavsumni SSKA va "Nyukasl" kabi jamoalarda ijarada o'ynab o'tkazgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com