Duglas Kostaning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum bo'ldi

17 sen 2019, 08:50
Kosta “Fiorentina”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

“Yuventus” yaqin ikki haftani Duglas Kostasiz o'tkazadi. Braziliyalik yarim himoyachi 6 oktyabr kuni “Inter”ga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishi kutilmoqda. Bundan tashqari jiddiy jarohatdan qutulib qolgan Miralem Pyanich 17 sentyabr kuni “Atletiko M”ga qarshi o'tadigan YCHL 1-tur bahsiga jamoa bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. U bemalol maydonga tushishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD